09:20 / 02.10.2015
7063

Atlantic Council: Obama Ukraina loyihasini to‘xtatib qo‘ydi

AQSh Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini e'tirof etib kelayotganiga qaramay, ayni paytda u rasmiy Kiyevga yordam ko‘rsatish ishini to‘xtatib turishi mumkin. Bunga Rossiya bilan boshlanayotgan dialog, shuningdek, Suriya masalasidagi kelishuvlar sabab bo‘lishi mumkin. Atlantic Council tahlilchisi Edrian Karatnitskining fikricha, Vashington hattoki mamlakat sharqidagi ixtilofni bartaraf etish choralarini ko‘rmay turib, birlamchi e'tiborni Rossiya bilan munosabatlarga qaratishi mumkin.
Shu bilan birga, mutaxassisning ta'kidlashicha, AQSh Rossiya bilan Suriyadagi hamkorlik yo‘lida Ukrainadan voz kechmaydi. Obamaning Kiyev qo‘shinlariga uzoq radiusli radarlar yetkazib berishga 20 mln dollar ajratgani bundan dalolat bo‘lishi mumkin.

Top