21:03 / 02.10.2015
6648

Belorus sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirilmoqda

2016 yil O‘zbekiston do‘konlarida Turovsk sut maxsulotlari kombinati (Belarus) paydo bo‘lishi mumkin. Bu rejani amalga oshirish korxona ikkinchi yo‘nalishni ishga tushirganidan so‘ng amalga oshadi.

Kombinat matbuot xizmatining xabar berishicha, bu loyihada maxsus pishloqlar ishlab chiqarish nazarda tutilgan. Jumladan, Italiya yumshoq pishloqlari – “Rikottina”, “Rikotta”, “Maskarpone”, yumshoq va yarim qattiq pishloq “Motsarella”, yarim qattiq “Provoletta”, “Provola”, “Skamortsa”ni ishlab chiqarish rejaga kiritilgan.

Ikkinchi yo‘nalishni ishga tushirish 2016 yilning o‘rtalarida mo‘lajllanmoqda. Bu yo‘nalish ishga tushganidan so‘ng, bir sutkalik sut ishlab chiqarish hajmi 500 tonnani tashkil etadi. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 200 tonnadan iborat.

Mahsulot ishlab chiqarishning ko‘payishi bilan bir vaqtda uni qadoqlari yangilanadi va bozorga yangi turdagi mahsulotlar chiqariladi. Shulardan tvorogli pishloq, qirilgan pishloq va boshqa pishloq turlari nazarda tutilgan.

Mahsulotlar eksport qilinadigan asosiy bozorlar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon va uzoq chet el davlatlaridir.

Top