08:50 / 02.10.2015
3852

Forbes Uorren Baffetni AQShning eng saxiy kishisi deb topdi

Mol-mulki 62 mlrd dollar deb baholangan Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbari Uorren Baffet Forbes reytingiga ko‘ra AQShning eng saxiy kishisi deb topildi.
2014 yilda Baffet xayriya ishlariga 2,8 mlrd dollar sarfladi. Mazkur mablag‘larning katta qismi (2,1 mlrd dollari) Berkshire Hathaway aksiyalari ko‘rinishida Bill Geyts va uning turmush o‘rtog‘i Melinda tomonidan asos solingan Bill and Melinda Gates Foundation insonparvarlik tashkilotiga taqdim etildi. Shu bilan tadbirkor sarflagan umumiy xayr-saxovat qiymati 22,7 mlrd dollarga tenglashdi.
Bill va Melinda Geyts bu yili reytingning ikkinchi pog‘onasini egallashdi. Ular 2014 yilda o‘zlari tashkil etgan jamg‘arma orqali poliomiyelit, bezgak, sil, OIV va OITSga qarshi kurash maqsadlariga 1,3 mlrd dollar ajratishdi.
AQShdagi eng saxovatpesha insonlari uchligini 2014 yilda 733 mln dollar sarf etgan Jorj Soros egalladi.

Top