02:11 / 02.10.2015
4294

Hindiston Eronga 700 mln dollar miqdorida muzlatilgan pullarini qaytardi

Hindiston banklari mamlakatda Eron nefti ekportidan tushgan va muzlatib qo‘yilgan 700 mln dollarni Eronga qaytarib berdi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga qaraganda Hindistonning yirik neft kompaniyalaridan bo‘lmish Essar Oil, Mangalore Refinery and Petrochemicals (MRPL) va shu kabilar o‘z banklariga Erondagi hisob raqamlarga ilgari neft olib kelish ishlari bilan bog‘liq 700 mln dollar mablag‘ni o‘tkazib berishlarini so‘ragan.

Joriy yilning 14 iyulida Venada bo‘lib o‘tgan yadroviy kelishuvga binoan AQSh g‘aznachiligi Eronga muzlatilgan 1,4 mlrd miqdoridagi mablag‘ini qaytarib bergan edi. Ikkinchi pul o‘tkazmalarining qiymati 700 mln dollar bo‘lib, u oktabr-noyabr oylarida Erondagi hisob-raqamlarga kelib tushadi.

4 mlrd.dan iborat qolgan summa esa sanksiyalar mutloq bekor bo‘lgach, Hindiston tomonidan qaytariladi.

Top