15:08 / 02.10.2015
3913

Kamchatkalik haydovchi politsiya xodimini 11 km yo‘l davomida sudrab borgani uchun qamaldi

Kamchatka sudi Tilichiki qishlog‘ida yashovchi fuqaroni Jinoyat Kodeksining 1 qismi 318 moddasi bo‘yicha (davlat xizmatchisiga qasddan tan jarohati yetkazish) bo‘yicha aybdor deb topdi va unga nisbatan 1 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi. Ushbu shaxs jazoni umumiy rejimdagi koloniyada o‘tkazishi belgilandi.

Tergovda aniqlanishicha, ushbu shaxs shu yilning 20 iyun kunida KIA Sorento rusumli avtomobilda haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan holda harakatlangan. Politsiyachi uni qoidabuzarlik uchun to‘xtatib, yo‘lga chiqqanida esa u buni istamagan va politsiyachini mashina kapotiga "mindirgan" holda yo‘lida davom etgan.

U mashinani shu alfozda 11 km masofagacha haydab yurgan. U mashinasini keskinlik bilan to‘xtatganida esa politsiyachi siltanib, yerga qulagan.

"Politsiyachi bir qancha tan jarohatlari olgan", deyiladi IIV matbuot xizmati xabarida.

Top