11:49 / 02.10.2015
7359

Konimexda go‘sht bozor narxidan arzonga sotilmoqda

Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi dehqon bozorida 1 kg qo‘y go‘shti 19 ming so‘m narxda sotilmoqda. Bu bozor narxidan ancha arzondir. Go‘shtni “Shokir bobo” fermer xo‘jaligi yetkazib bermoqda.

“Znamya drujby” gazetasi muxbiri xo‘jalik rahbari Alisher Eshmurodov bilan uchrashib, undan bu narxning sirini so‘radi.
“Konimex bozoriga kuniga 45-50 kg qo‘y go‘shti yetkazamiz, - dedi u. – Tuman markazidagi oilalarning ko‘pchiligida nafaqaxo‘rlar bor, ular qo‘shimcha xo‘jaliklarga ega emas.

Shu bois go‘sht narxini oshirmaymiz. Uni qassob ukam Anvar sotadi. U yurtdoshlarni eng muhim iste'mol mollaridan bir bilan ta'minlash katta daromad ko‘rishdan muhimroq deb hisoblaydi. Shirbozlarni boqish xarajatlarini qoplaganimizning o‘zi yetarli”.

Gulom JURAKULOV, «Znamya drujby»

Top