00:56 / 02.10.2015
10439

KUN.UZ dayjesti: 1 oktabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 1 oktabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

"Ippodrom" bozori aksiyalari sotuvga qo‘yiladi>>

Xalq orasida ko‘proq “Ippodrom” bozori nomi bilan mashhur Chilonzor buyum savdo kompleksi AJning qo‘shimcha emissiya aksiyalarining birja ochiq savdolari bo‘lib o‘tadi.

OAV: O‘zbekistonda internet hatto Qirg‘izistondagidan yomon ishlaydi>>

“Novosti Uzbekistana” muxbiri Igor Reshetnikov o‘zining yangi maqolasida Namanganda internet xizmatlari ko‘rsatish sifati past darajada ekanligini aytdi

WSJ: Putin Suriyada o‘zi sevgan taktikani qo‘llamoqda>>

Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalari AQSh uchun kutilmagan hol bo‘ldi va G‘arb siyosatchilarining keskin noroziliklariga sabab o‘ldi

Qozog‘istonlik imom jinsiy aloqa solig‘i haqida: shariatda xiyonat o‘lim bilan jazolanadi>>

Qozog‘istonning Oqtepasidagi ruhoniylar Musulmonlar ittifoqi va Markaziy Osiyoda inson huquqlari bo‘yicha Musulmonlar qo‘mitasining jinsiy aloqa solig‘ini joriy qilish haqidagi taklifidan hayratda

Siyosatshunos: eski Suriyani boshqa ko‘rmaymiz>>

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyadan harbiy yordam so‘raganidan so‘ng Kreml yetakchisi Vladimir Putin Federatsiya kengashiga mamlakat qurolli kuchlarini chet elda qo‘llashga ruxsat oldi

Qozog‘istonlik amaldor o‘g‘lining to‘y korteji tufayli ishdan haydaldi>>

Ostonada o‘tkazilgan tantanali to‘y marosimida suratga videotasvirning internetga chiqib ketishi huquq-tartibot organlari amaldorining ishdan ketishiga sabab bo‘ldi

Lavrov: isbot talab qilamiz>>

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh vakillaridan Rossiya kuchlari IShIDning emas, boshqa kuchlarning bazalariga aviazarbalar berganini isbotlovchi dalillar keltirishni talab qildi

Rossiya Savchenko Ukrainaga qanday shartlarda topshirilishini aytdi>>

Rossiya adliya vazirligi Savchenko Ukrainaga qanday shartlarda topshirilishini aytdi

Donald Tramp barcha suriyalik qochqinlarni AQShdan haydab chiqarishga va'da berdi>>

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Donald Tramp davlat rahbarligiga saylansa, AQShdagi barcha suriyalik qochqinlarni haydab yuborishini ma'lum qildi

“Vedomosti”: Rossiyalik harbiylarga komandirovka pullari katta bo‘lgani sababli Suriyaga borishni istovchilar borasida muammo yo‘q>>

Suriyadagi rossiyalik harbiylarning umumiy soni 1500 nafarga yaqinni tashkil qilmoqda, deb yozmoqda “Vedomosti” nashri

Rossiya ShHT davlatlari bilan aksilterror mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin>>

Rossiya quruqlik qo‘shinlari 2016 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bir qancha davlatlar bilan hamkorlikda aksilterror harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

“Izvestiya”: migratsiya xizmati xorijliklar uchun ish patentlarini muddatsiz qilib qo‘yadi>>

Rossiya federal migratsiya xizmati yangi qonun loyihasi doirasida xorijlik ishchilarni doimiy ravishda ruxsatnomani uzaytirish majburiyatidan xalos qilmoqchi

IShID Su-24 zarbalaridan og‘ir talafot ko‘rmoqda>>

Rossiya samolyotlarining birinchi hamlasi IShID jangarilariga og‘ir talafotlar yetkazdi. Aviazarbalar Suriyaning 7 tumanida amalga oshirildi

Qozog‘iston: inqilob va jahon urushlari limiti tugadi>>

Insoniyat o‘zining “inqilob va jahon urushlari limiti”ni tugatib bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov BMT Xavfsizlik Kengashi ochiq bahslaridagi ishtirok chog‘ida aytib o‘tdi

Blatter 2018 yilgi JCh uchun biletlar sotilishida poraxo‘rlikka qo‘l urgani gumon qilinmoqda>>

FIFA rahbari Yozef Blatter futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionati va Qatar mezbonlik qiladigan 2022 yilgi JCh o‘yinlari uchun chiptalar sotish huquqini berishda o‘z lavozimidan foydalangan holda poraxo‘rlikka qo‘l urgani gumon qilinmoqda

Top