02:16 / 02.10.2015
5173

Lavrov IShID Iroqda kimyoviy qurollardan foydalangani to‘g‘risida ma'lumotlar borligini aytdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga qaraganda, IShIDning Iroqda kimyoviy qurollardan foydalanganligi haqida yetarli dalillar mavjud.

Lavrov xuddi shu bayonot bilan BMT Bosh Assambleyasi doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida chiqish qilgan edi.

Bundan tashqari vazir BMT xavfsizlik kengashi qatnashchilari terrorizmga qarshi Rossiyaning keng ko‘lamdagi antiterror koalitsiyasini shakllantirish taklifini ko‘tarinki ruhda qarshi olishganini ham ta'kidlab o‘tgan.

Top