09:39 / 02.10.2015
3355

LG LTE tarmog‘i orqali internetga ulanuvchi “aqlli” soatini namoyish qildi

LG kompaniyasi LTE tarmog‘i orqali internetga ulanuvchi yangi Android Wear “aqlli” soatini namoyish qildi, deya xabar bermoqda The Verge.

2015 yil bahorida namoyish qilingan soatning yangi namunasi yanada kengroq ekranga ega bo‘ldi. Ekran diagonali 1,38 dyum (1 dyum – 2,54 sm), piksellar sig‘imi esa 480tani tashkil etadi. Shuningdek, gajyet 570 mAs akkumulyator, Snapdragon 400 protsessori, 768MB operativ hamda 4GB ichki xotira bilan ta'minlangan.

Yangi qurilmaga tanlangan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish va ilovalar faoliyatini tezlashtirishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha tugmacha, quvvatni tejash tartibi va mobil radio ham o‘rnatilgan.

Garchi bu LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ilk smart-soat bo‘lmasa ham, ushbu vazifa yordamida Android Wear foydalanuvchilari doimiy ravishda smartfonga ulanishdan xalos bo‘lishdi.

Yangi soat narxi va sotuvga chiqish sanasi hozircha noma'lum. LG kompaniyasi Android Wear soatlari MDH davlatlarida ham sotuvga chiqarilishi to‘g‘risida xabar berdi.

Top