17:40 / 02.10.2015
6208

Mirabror Usmonov: Rustam Mirsodiqovni terma jamoalardan biriga murabbiy qilish haqida ham o‘ylagandik

Bugun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining anjumanlar zalida Mirabror Usmonov O‘zPFL klublari rahbarlari va murabbiylari bilan uchrashdi.

Federatsiya prezidenti kun tartibidagi masala bo‘yicha mavzuni ochar ekan, Rustam Mirsodiqov haqida alohida gapirib o‘tdi.

“Masalan, kengash tomonidan taqdim etilgan bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, mavsum oxirigacha litsenziyasi olib qo‘yilgan Rustam Mirsodiqovning harakatlari avvallari ham shubhali ko‘ringan bo‘lsa-da, oxirgi vaqtlarda yaxshi tomonga o‘zgargan edi. U o‘zbek futboli uchun juda katta ishlarni qilgan va qilgan mehnatlarini biz qadrlaymiz. Aytsam ishonmaysiz, murabbiylar kengashining qaysidir majlisida, 2 oycha ilgari, terma jamoalardan biriga uning nomzodini ham ko‘rib chiqqan edik. Ming afsuski, Rustam Mirsodiqov qing‘ir ishlarning qurboni bo‘ldi. Bu ishning ustida turganlar esa uning bugungi ahvolini jimgina kuzatishdi”.

“Paxtakor”-“Metallurg” uchrashuvida yuz bergan voqea, bu katta sharmandalikdir”, - deydi u. To‘g‘ri, biz hozircha, Rustam Mirsodiqovning murabbiylik litsenziyasini mavsum oxirigacha qaytarib oldik. Lekin, bu bilan ushbu masalaga nuqta qo‘yilmadi. Bu masalaga Ijroiya Qo‘mitasi a'zolari hali qaytishadi va mavsum oxiriga qadar mojaroga daxldor boshqa jihatlar ham o‘rganilib, tegishli choralar qo‘llaniladi. Biz “Paxtakor” masalasini atroflicha o‘rganib, jamoatchilik uchun jumboqligicha qolayotgan jazo chorasini belgilaymiz. Bunga vaqt kerak”, - deydi Usmonov.

Bundan oldinroq, «Paxtakor» - «Metallurg» uchrashuvi kelishilgan deb topilgani va Rustam Mirsodiqovning murabbiylik litsenziyasi bekor qilingani haqida xabar berilgandi.

Top