07:27 / 02.10.2015
5348

Netanyaxu Eronning raketalari Yevropa va AQShga ham yo‘naltirilganiga ishonchi komilligini aytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronning qit'alararo ballistik raketalari nafaqat Isroilga, balki Yevropa va AQShga ham yo‘naltirilganiga ishonchi komilligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Netanyaxu bu haqda BMT Bosh assambleyasidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Eron faqatgina Isroil uchun xavf hisoblanadi, deb o‘ylamanganlar. Eron, shuningdek, yadroviy jangovor kallaklarga ega qit'alararo ballistik raketalari ham qurmoqda. Eronda Isroil hududiga yeta oladigan raketalar bo‘lgan edi, shuning uchun Eronning bu raketalari nafaqat bizga, balki sizga, Yevropa va AQShga ham yo‘naltirilgan”, deb ta'kidlab o‘tdi Netanyaxu. 

Avgust oyida Eron “yer-yer” sinfidagi yangi raketani namoyish qilgan edi. Eron hukumatining aytishicha, bu raketalar tinchlik va samarali muzokaralar garovi hisoblanadi.

Top