08:57 / 02.10.2015
4608

Obama qurol-yarog‘ to‘g‘risidagi qonunni o‘zgartirishni yoqlab chiqdi

AQSh prezidenti Barak Obama Oregon shtatidagi kollejda sodir bo‘lgan otishmadan so‘ng qurol-yarog‘ to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish lozimligini aytdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Uning fikricha, qurol-yarog‘ egalarining ham ko‘pchiligi bunday o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
“Bir necha oy muqaddam aytganimdek, undan oldin ham aytganimdek, har safar bunday ommaviy otishmalar bo‘lgan chog‘da aytganimdek, bizning o‘ylashimiz va motivlarimizning o‘zi yetarli emas”, - ta'kidladi AQSh yetakchisi.
Agar bunday ishni ruhiy xastalar qilgan taqdirda ham, uning aytishicha, “AQSh ruhiy xasta insonlar boshqalarga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan yagona davlat emas. Ammo biz bunday ommaviy otishmalar har bir necha oyda sodir bo‘ladigan dunyodagi yagona mamlakatmiz”.

Top