06:55 / 02.10.2015
3930

Olland Rossiya faqat “IShID”ga qarshi zarba berishi kerakligini aytmoqda

Fransiya prezidenti Fransua Olland Rossiya harbiy-havo kuchlarining zarbalari faqat “IShID” terrorchilik guruhi jangarilari pozitsiyalariga berilishi kerakligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Barcha zarbalar kim tomonidan berilishidan qat'i nazar, faqatgina “IShID”ga qarshi qaratilgan bo‘lishi kerak”, deb ta'kidlab o‘tdi Olland.

Bundan tashqari, Olland Suriyadagi o‘tish davri amaldagi prezident Bashar Asadsiz kechishi kerakligini qayd qilib o‘tdi.

Avvalroq Fransiya insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumon qilinayotgan Suriya prezidenti Bashar Asadga nisbatan tergov boshlagani ma'lum bo‘lgandi.  

Top