09:53 / 02.10.2015
7295

Rishod Sobirov: Prezidentimizga va xalqimga Rio-de-Janeyrodan oltin medal bilan qaytishni va'da qilganman

O‘zbekistonlik taniqli sportchi, Olimpiada o‘yinlarida ikki karra bronza medallarga sazovor bo‘lgan Rishod Sobirov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishga va'da berganini tan oldi.

“Men yurtboshimizga, yurtdoshlarimga va muxlislarimga 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlaridan keyin “keyingi safar albatta oltin medal bilan qaytaman”, deya va'da bergan edim, - dedi sportchi. – Shu sabab avvalgiga qaraganda mashg‘ulotlarimiz juda kuchli”.

Eslatib o‘tamiz, Rishod Sobirov 2016 yilda Braziliyada o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish huquqini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.

Top