15:40 / 02.10.2015
7372

Rossiya aviatsiyasi IShIDning yana bir qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Rossiyaning Su-24 samolyotlari IShIDning Suriyadagi navbatdagi qo‘mondonlik punkti va tayyorlov qarorgohini yo‘q qildi. Bu haqda mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov aytib o‘tdi.

“1 oktabr kuni Su-24 samolyoti Madan Jadid aholijoyi yaqinidagi tayyorlov punkti va Raqqa shahridan janubi-g‘arbida joylashgan Kasert Faraj tumanidagi qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning aytishicha, qo‘mondonlik punkti faoliyati tugatilgan, terrorchilarni tayyorlash uchun foydalanilgan infrastruktura to‘laligicha yo‘q qilingan.

Top