06:33 / 02.10.2015
3221

Rossiya TIV: Agar tegishli murojaat bo‘lsa, Rossiya Iroqda “IShID”ga qarshi operatsiyaning maqsadga muvofiqligini baholab ko‘radi

Agar Iroq Rossiyaga o‘zining hududida “IShID”ga qarshi harbiy-havo kuchlari operatsiyasini o‘tkazish iltimosi bilan murojaat qilsa, Rossiya bunday choralarning siyosiy va harbiy maqsadga muvofiqligini baholab ko‘radi, deb aytdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi yangi chaqiruvlar va xavflar masalalari departamenti direktori Ilya Rogachev. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

“Agar bizda yoki Iroq hukumatidan tegishli murojaat bo‘lsa, yoki qabul qilinishi Iroq hukumatiga katta miqdorda bog‘liq bo‘luvchi Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi bo‘lsa, ya'ni bunday yetarlicha asoslar bo‘lsa, unda Iroq hududida “IShID”ga qarshi harakatlarning siyosiy va harbiy maqsadga muvofiqligi baholanadi”, deb aytdi Rogachev tegishli savolga javoban.  

Avvalroq Rogachev Rossiya “IShID”ga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qo‘shilmasligini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 30 sentabrdan Suriyada “IShID”ga qarshi operatsiyalar boshlagan.

Top