10:44 / 02.10.2015
6249

Samarqandda pensiya daftarchasi bo‘yicha bepul non tarqatilmoqda

Samarkandskiy vestnik” nashrida xabar qilinishicha, Osiyo-uz supermarketi nafaqaxo‘rlarga bepul non tarqatmoqda.

Aytilishicha, aksiya doirasida soat 17:00ga qadar pensiya daftarchasiga ega shaxslarga bepul non beriladi. Bu ma'lumotlar maxsus daftarga yozib boriladi. Bir kishi kuniga bir marta bepul non olishi mumkin bo‘ladi.

“Ko‘plab nafaqaxo‘rlar nomidan do‘kon rahbariyatiga ularning yaxshi va oliyjanob ishi uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular Keksalarni e'zozlash yiliga o‘ziga xos hissa qo‘shishga qaror qilishibdi. Umid qilamizki, bu yaxshi misolga ko‘plar ergashadi”, - deb yozadi gazeta o‘quvchisi, nafaqaxo‘r Taras Karimov.

Top