12:20 / 02.10.2015
4536

Siluanov: Arzon neft – achchiq dori, lekin u davolaydi

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov RBK nashriga bergan intervyusida xalqaro neft bozoridagi vaziyatga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

“Biz 2016 yilgi byudjyetga asos qilib oladigan bashorat iqtisodiy o‘sish sur'atlarining yaqin istiqbolda ortga qaytishini ko‘zda tutadi, - dedi u. – Keyingi yilda o‘sish 0.5 foizni, 2017 yilda esa 1.5 foizni tashkil qilishini kutmoqdamiz”.

Shuningdek, vazir neft narxining tushishi Rossiya iqtisodiyoti chalingan xastalikni davolashini ta'kidlab o‘tdi: “Qimmat neft sharoitida defitsitlarni qo‘llab-quvvatlash rublning mustahkamlanishi va pulning qimmatlashishi demakdir, bu ikki narsa esa yangi iqtisodiy model doirasida o‘sishga xizmat qilmaydi.

Aytish mumkinki, neft narxining tushishi achchiq dori bo‘lsa ham, Rossiya iqtisodiyoti oxirgi yillarda chalingan “gollandcha xastalik”ni davolaydi”.

Top