15:58 / 02.10.2015
5571

Turkiya bosh vaziri Rossiya bilan ixtilof kelib chiqishi mumkinligini istisno qildi

Turkiya hukumati Rossiya harbiylarining Suriyadagi xatti-harakatlaridan jiddiy xavotirdaligiga qaramay, bu ikki davlat o‘rtasida ixtilof kelib chiqishiga olib kelmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li bayonot berdi.

“Rossiya bilan aloqa kanallarimiz ochiqligicha qolmoqda, - uning so‘zlarini keltiradi Hürriyet nashri, - Oramizda ixtilof kelib chiqadi deb o‘ylamayman. Rossiya bizni Suriyadagi operatsiyasidan boxabar qildi, lekin tafsilotlarini tushuntirmadi. Rossiya aviatsiyasining ikki kunlik harakatlari natijalari bizni xavotirga solmoqda, negaki ular to‘laligicha Ozod Suriya armiyasiga qarshi qaratilgan”.

Top