16:32 / 02.10.2015
15690

Xastalikdan vafot etgan bolakay ota-onasiga xayrlashuv maktubini qoldirdi

O‘tgan hafta Jorjiya shtatida amyobiazdan vafot etgan bolakay ota-onasiga g‘amgin maktub qoldirdi. Bu haqda GulfNews nashri xabar bermoqda.

Bola vafotidan so‘ng uning onasi uydan bir parcha qog‘oz topib oldi. Unda mitti bola ota-onasi bilan xayrlashgan edi. “Har doim siz bilanman. Rahmat sizga, oyi va dada. Xayr”, - deb yozilgan edi maktubda.

Farzandini yo‘qotgan Ember yig‘i aralash intervyu berarkan, bolakay qachon bu maktubni yozganini bilmasligini ta'kidladi: “U maktubni qachon yozgani haqida hech qanday tasavvurga ega emasmiz, ammo u har doim o‘ziga xos bola edi.

Biz har doim seni sevamiz, Lilend. Tinch uxla, bolam”.
Lilendning Facebook’dagi sahifasida Ember Shumeyk oilasiga minglab odamlar tomonidan ta'ziya bildirildi.

Top