19:48 / 02.10.2015
3871

Yoxanesburgdagi savdo markazining qo‘riqchisi mijozlarga qarata o‘q uzdi

Yoxanesburgdagi “Aleksandr” savdo markazining qo‘riqchisi mijozlardan biri qurollangan va talonchilikni rejalashtirayotganligini gumon qilib, mijozlarga qarata o‘q uzdi. Bu haqda politsiya vakili Mozes Mapakela xabar berdi.

Uning ma'lumotiga qaraganda qo‘riqchi besh nafar odamni yaralagan. Ammo tez yordam vakilining aytishicha, 12 nafar mijoz jarohatlangan. Shu qatori 4 yashar bola ham. Qo‘riqchi hibsga olingan. Yoxanesburgdagi savdo markazi yopilgan va yuzlab mijozlar ko‘chaga olib chiqilgan.

JARda do‘konlarda talonchilik bilan shug‘ullanish juda tarqalib bormoqda. Politsiyaning oxirgi ma'lumotlariga qaraganda, davlatda og‘ir oqibatlarga olib kelgan talonchilik jinoyati 8, 5 foizga ko‘paygan. Kamida bir yilda 129 ming shu holdagi jinoyat sodir etilmoqda. Jinoyatchilar uylardan ko‘ra, do‘kon va ofislarni ko‘proq tunamoqdalar.

Top