15:57 / 03.10.2015
4604

Aktyor Robin Uilyamsning bevasi va bolalari mulk mojorosini hal etishdi

Gollivud aktyori mahrum Robina Uilyamsning uch farzandi bilan qolgan bevasi aktyorning Kaliforniya shtatida qolgan ko‘chmas mulki bilan sodir bo‘lgan nizoni hal etdi. Bu haqda Assoshieyted press agentligi xabar bermoqda.


Bevaning vakili Jim Uagstaf (Jim Wagstaffe)ning ma'lum qilishicha, Syuzan Uilyams aktyor bilan birga hayotlarini o‘tkazgan uyda qoladi va umrining oxiriga qadar moddiy nafaqa olib turadi. Bundan tashqari unga Uilyamsning qo‘l soatini, vilosaped va to‘ylaridan keyingi asal oyida olingan sovg‘alarni jo‘natishadi.

Ilgari beva Kaliforniyadagi uydan Robinni eslatuvchi birorta ham buyumni qoldirmaslikka ahd qilgandi. Bolalari uning bu qilmishini “yaraga tuz sepish”, deb baholashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, aktyor 2014 yilning 12 avgustida Kaliforniyaning Tiburon shahrida joylashgan o‘z uyida o‘z joniga qasd etgan edi. Uilyams 1998 yilda “Oskar” hamda besh karra “Oltin globus” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

Top