11:35 / 03.10.2015
4758

Yekaterinburgda o‘zbekistonlik imomlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston musulmonlar idorasining 4 kishilik delegatsiyasi bugun Rossiya federatsiyasining Yekaterenburg shahridagi Grin-Park mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan “Islom IShIDga qarshi” nomli ilmiy anjumanda ishtirok etdi. Anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari Ibrohim Inomov, Jasur Raupov, Odilxon Ismoilov, Baxrom Otajonov va Yekatereburg muftiysi hazrat Abdul-Kudus Asharin va o‘rinbosari Anvar Dautov katnashdi va unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepovning “IShID fitnasi” (“Smuta IGILA”) kitobi qizg‘in muhokama qilindi.
“Bu kitob har-xil oqimlarning zararidan odamlarni boxabar qilishda katta yordam beradi”, dedi Yekaterenburg muftisi. Tadbirda qatnashgan jurnalistlar va Yekaterenburg muftiysi O‘zbekiston rahbariyati va Muftiyotiga alohida minnatdorik bildirdi.

"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati / Muxlis.uz

Top