08:58 / 03.10.2015
4366

Homiylarning chaqiriqlariga qaramay, Blatter FIFA prezidentligini tark etmaydi

Yozef Blatter, tashkilotning yetakchi homiylari chaqiriqlariga qaramay, FIFA prezidenti lavozimini tark etmaydi. Bu haqda uning advokati Richard Kallen bayonot berdi.

Ilgariroq McDonald's va Coca-Cola kompaniyalari uni lavozimni tark etishga chaqirgan edi.
“Coca-Cola qadrli homiy bo‘lishiga qaramay, Blatter kompaniyaning bu akt tashkilot foydasiga bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilmaydi”, - ta'kidladi advokat.

Top