21:20 / 03.10.2015
4073

Jyeymi Rednapp: «O‘zining 19 yoshida Marsyaldan faqatgina Messi yaxshi o‘ynagan»

“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Jyeymi Rednapp “Manchester Yunayted”ning yangi o‘yinchisi, 19 yoshli Antoni Marsyalning o‘yinidan hayratda ekanligini bildirib o‘tdi.

“Men Chempionlar Ligasi o‘yinida Antonining o‘yinini 90 daqiqa kuzatdim va 19 yoshida undan ko‘ra faqatgina Messi yaxshiroq o‘ynagan.

Men Ueyn Runi faoliyatini boshlayotganda unga qarshi o‘ynaganman, biroq bu yigit shunchalik aqlli o‘ynaydiki... U qachon uzatma berish, qachon dribling qilish va zarba berishni yaxshi biladi. U raqiblaridan go‘yoki ular yo‘qdek o‘tib ketadi.

U har bir harakatini o‘ylab qiladi. Marsyal go‘yoki voqealarni oldindan ko‘ra oladigandek taassurot paydo bo‘ladi. Uni kuzatish menga maroqli. Marsyal shubhasiz superyulduz bo‘ladi”, deb o‘z fikrini bildirib o‘tdi Rednapp.

Top