14:04 / 03.10.2015
4098

Keksalar gepatit Vga qarshi emlandi

“Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi doirasida joriy yilning 9 oyi mobaynida yoshi katta insonlarni yoppasiga gepatit Vga qarshi emlash amalga oshirildi.

Profilaktika maqsadlarida ijtimoiy ko‘makka muhtoj keksalar orasida gumanitar yordamga tayanilgan holda 107.8 ming dollarlik 15 ming dona grippoz vaksinalari, 3.5 mln dollarlik 677 ming dona gepatit Vga qarshi vaksinalar yetkazildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, 23 martdan 1 aprelga qadar o‘tkazilgan emlashning 1-turida 200 ming keksa insonga vaksinalar kiritildi. 2-turda (23 apreldan 23 iyunga qadar) gepatit Vga qarshi 100 foizlik qamrovga ega emlash o‘tkazildi. 23 iyundan 1 iyulgacha bo‘lib o‘tgan 3-tur doirasida talabalar va tibbiyot xodimlarining 61.2 foizi emlandi.

Top