10:30 / 03.10.2015
9666

KUN.UZ dayjesti: 2 oktabrda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 2 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib gaz hisobining avtomatlashgan tizimini joriy qiladi>>

Toshkent shahri va viloyatida 2016 yil oxiriga qadar tabiiy gaz iste'moli hisobining avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinadi. Bu haqda “O‘ztransgaz”dagi manbalariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Qirg‘iziston qo‘shnilarini dialogga chaqirdi>>

Bugungi kunda Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, chegaralar, energetika, suvdan foydalanish, transport aloqalari, ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalarida muzokaralar olib borishga qaratilgan maydon yaratish eng muhim ehtiyojga aylandi.

"Tolibon" Afg‘oniston hududida AQSh samolyotini urib tushirganini tan oldi>>

"Tolibon" jangarilari 1 oktabr kuni Afg‘onistonning sharqida AQShning Lockheed C-130 Hercules rusumli harbiy-transport samolyoti falokatga uchrashi bo‘yicha ma'suliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining 8 o‘yinchisi erkak ekanligi ma'lum qilindi>>

Eron futbol ligasining rasmiy vakili Modtabi Sharifiy futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining 8 o‘yinchisi erkak ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

OAV Oregondagi otishmani sodir etgan jinoyatchi shaxsini aniqladi>>

Amerikaning Oregon shtatidagi Umpkva kolleji hududidagi otishmani 26 yoshli Kris Xarper Merser ismli shaxs sodir etgan. Bu haqda 1 oktabr kuni Amerikaning CBS telekanali huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi. Ammo bu haqdagi rasmiy xabar hozircha oshkor qilingani yo‘q.

Suriya armiyasi Xama viloyatida yer usti operatsiyasini o‘tkazadi>>

Suriya armiyasi Xama viloyatining janubida keng miqyosli aksilterror operatsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Oregonlik qotil faqat xristianlarni o‘ldirishni maqsad qilgani ma'lum bo‘ldi>>

AQShning Oregon shtatidagi Ampkua kollejida otishma sodir etgan Kris Xarper Merser faqatgina xristian diniga mansub kishilarni o‘ldirishni maqsad qilib olgan. Bu haqda guvohlar so‘zlariga asoslanib CNN telekanali xabar qildi.

GM Uzbekistan kompaniyasi Labo mini yuk mashinalarini avtosalonlarga yetkazib berishni boshladi>>

Ijtimoiy tarmoqda GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan shu yilning iyulida ishlab chiqarilishi boshlangan Labo mini yuk mashinalari tashuv vositalari orqali joylarga yetkazilayotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi.

Parijda Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina rahbarlari uchrashadi>>

Bugun, 2 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Parijga tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya matbuoti xabar bermoqda.

Reuters: 7ta davlat Rossiyani IShIDga qarshi kurashga diqqat qaratishga chaqirdi>>

Vashington va uning xalqaro koalitsiya bo‘yicha ittifoqchilari e'lon qilgan qo‘shma bayonotda Rossiya Suriya muxolifati pozitsiyalariga zarba berishni to‘xtatib, IShIDga qarshi kurashga butun diqqat-eʼtiborni qaratishga chaqirildi. Hujjat Turkiya TIV saytida joylashtirildi.

BAAdagi osmono‘par binoning birinchi qavatida chiqqan yong‘in yuqoriga o‘rladi>>

Dubay aglomeratsiyasidagi Sharja shahridagi osmono‘par binoda yuz bergan yong‘in tufayli 250 oila uylaridan tashqarida qoldi. Khaleej Times nashrida yozilishicha, binoning ilk qavatida kelib chiqqan yong‘in 30-qavatgacha o‘rlagan.

Rossiya aviatsiyasi IShIDning yana bir qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi>>

Rossiyaning Su-24 samolyotlari IShIDning Suriyadagi navbatdagi qo‘mondonlik punkti va tayyorlov qarorgohini yo‘q qildi. Bu haqda mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov aytib o‘tdi.

AR: Pentagon Suriya muxolifatini himoya qilish haqida o‘ylamoqda>>

Pentagon AQSh tomonidan tayyorlanib, muxolifat tarkibiga qo‘shilgan guruhlarni harbiy himoyaga olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Mirabror Usmonov O‘zPFL klublari rahbarlari va murabbiylari bilan uchrashuvda kelishilgan o‘yinlar uchun keskin choralar ko‘rilishiga va'da berdi>>

Bugun O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining anjumanlar zalida Mirabror Usmonov O‘zPFL klublari rahbarlari va murabbiylari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Parijdagi “Normand to‘rtligi” uchrashuvidan onlayn>>

“Normand to‘rtligi” davlatlari (Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ukraina) rahbarlari bugun Parijda uchrashmoqda. Yelisey saroyida Angela Merkel, Fransua Olland, Vladimir Putin va Pyotr Poroshenko 2 kun davomida Ukraina inqirozi yuzasidan muzokaralar olib boradi.

Jonli efir vaqtida Fox reportyorini mashina urib yubordi>>

Fox Sports telekanali muxbiri Devid Medrano Morani jonli efir vaqtida avtomobil turtib yubordi. Hodisa Meksikadagi Gvadalaxara aeroportida Mora Chivas va Club America futbol jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida xabar berilayotgan vaqtda sodir bo‘ldi.

Toshkentda aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi>>

2 oktabr kuni Toshkentning Shayxontohur tumanida rejali aksilterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mirali Sharipov dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisi finaliga chiqdi>>

Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlarida o‘zbekistonlik ikki nafar sportchi medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Yaman Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi>>

Yaman hukumati Eron bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi, deb ma'lum qildi Yaman televideniyesiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

«Grin kard» taqdim etuvchi DV-2017 lotereyasi boshlandi>>

AQSh Davlat Departamenti 2017 yil «Turli Millat Vakillari uchun Immigratsion Vizalar - DV» (Grin Kard) Dasturiga ro‘yxatga olish davri 2015 yil 1 oktabrdan 2015 yil 3 noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo‘lishini e'lon qildi. DV Lotereyasining talablariga javob berish uchun murojaat etuvchi ushbu lotereyada qatnashishi mumkin bo‘lgan davlatlardan biri, shu jumladan, O‘zbekistondan bo‘lishi va o‘rta maktab darajasiga teng ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.

Top