00:03 / 03.10.2015
6686

Olland Instagram’da Putin va Poroshenko bilan qo‘l berishgani aks etgan videoni joylashtirdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland 2 oktabrda o‘zining Instagram’dgi akkauntida Parijdagi “normand to‘rtligi” uchrashuvidan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan qo‘l berishayotgani tasvirlangan qisqa videolavhani joylashtirdi.

Videoyozuv uchrashuv oldidan tasvirga olingan. Videoda, shuningdek, Rossiya, Fransiya, Ukraina va Germaniya rahbarlari ham tasvirlangan.

“Normand to‘rtligi” davlatlari yetakchilari Yelisey saroyida avval bir soat davomida tor doirada suhbatlashishgan. Muzokaralar keyin kengaytirilgan tartibda bo‘lib o‘tgan va 4 soatdan ko‘proq davom etgan.

Top