10:36 / 03.10.2015
5709

Poroshenko Kiyev 3 oktabrdan Donbassdan yengil qurol-aslahalarni olib chiqib ketishini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Donbassda qarama-qarshi tomonlar to‘qnash kelgan chiziqdan kalibri 100 mm dan kichik bo‘lgan qurol-aslahalarni olib chiqib ketishini ma'lum qildi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” tvitterida ma'lum qilindi.

“Parijdagi uchrashuvning asosiy natijasi muhim qarorlarning qabul qilinishi bo‘ldi. Birinchi qaror – biz yengil qurol-aslahani olib chiqib ketamiz va buni ertagayoq amalga oshiramiz. Jarayonning kechishini aniq muhokama qilib oldik”, deb aytdi Poroshenko.

Poroshenko “normand to‘rtligi” muzokaralari natijalariga bosiqlik bilan munosabat bildirishini ma'lum qildi.

“”Men Parijdagi “normand” muzokaralari natijalariga bosiqlik bilan qarayman”, deb aytdi Poroshenko.

Top