12:45 / 03.10.2015
3842

Qozog‘iston temir yo‘lchilari meva-sabzavot mahsulotlari tranzitiga belgilangan chegirma muddatini uzaytirdilar

“Qozog‘iston temir yo‘li” MK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ stansiyalaridan yuboriladigan meva-sabzavot mahsulotlari tranzitiga belgilangan chegirma muddatini uzaytirdi. Chegirmalar 2015 yilning 26 mayidan 31 avgustigacha mo‘ljallangan edi.

O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasining ma'lumotlariga qaraganda, chegirmalar yuklarni o‘tkazish KTZ Express AJ orqali amalga oshirilgan taqdirda ishlaydi. Ushbu AJ, o‘z navbatida, O’zbektemiryo’leskspeditsia UK bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvga ega. Kelishuv shu yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.

Top