07:12 / 03.10.2015
5360

Rossiya Mudofaa vazirligi: Rossiya samolyotlari “IShID”ning portlovchi qurilmalar ishlab chiqaruvchi sexini yo‘q qildi

Suriyada “IShID” jangarilari tomonidan yaratilgan, qo‘lbola portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan yirik sex Rossiyaning Su-25 shturmchi samolyotlari tomonidan yo‘q qilindi.  

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi.

“Su-25 samolyotlari tomonidan Idlib viloyatidagi Ma'rat-an-No‘'mon tumanida gaz ballon ishlab chiqaruvchi sex niqobi ostida faoliyat yuritgan, fugas va qo‘lbola portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi yirik sex butunlay yo‘q qilindi”, deb aytdi Konashenkov. 

Avvalroq Rossiya harbiy-koinot kuchlari aviatsiyasi tomonidan “IShID”ga tegishli boshqaruv punkti yo‘q qilingani ma'lum qilingandi.

Top