22:32 / 03.10.2015
6855

Rossiya Qurolli kuchlari shtabi “IShID”ning moddiy-texnika bazasi barbod bo‘lganini ma'lum qildi

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i, general-polkovnik Andrey Kartapolov Rossiya aviatsiyasi Suriyada “IShID” pozitsiyalariga uch kun davomida zarbalar berishi natijasida terrorchilik guruhining moddiy-texnik bazasini barbod qilishga hamda jangarilarning jangovor salohiyatini ancha tushirishga muvaffaq bo‘ldi, deb ma'lum qildi. 

Kartapolov bu haqda Rossiya mudofaasini boshqarish milliy markazida jurnalistlarga ma'lum qildi.
“Zarbalar kun bo‘yi “Xmeymim” aviabazasidan Suriyaning butun hududi bo‘ylab berildi. Uch kun davomida terrorchilarning moddiy-texnik bazasi barbod qilindi va jangarilarning jangovor salohiyati ancha tushirildi”, deb aytdi Kartapolov.

Kartapolov, shuningdek, Rossiya harbiy aviatsiyasi “IShID”ning 50 dan ortiqroq obektini nishonga olish uchun 60 dan ko‘proq parvozni amalga oshirganini ma'lum qildi.
Avvalroq Kartapolov “IShID”ning 600 ga yaqin jangarisi Suriyada nazorat qilayotgan hududlarini tark etib qochib ketganini ma'lum qilgandi.

Top