Suriya janubidagi Deraa viloyatida 700 jangari va qidiruvda bo'lgan suriyalik fuqarolar oxirgi kunlarda ixtiyoriy taslim bo'lishdi, deb xabar beradi SANA agentligi.

Suriya hukumati tomonidan amalda qo'llanib kelinayotgan milliy dasturga muvofiq 450 nafar suriyalik jangari va hukumat tomonidan qidiruvda bo'lgan 250 nafar fuqaro qurollarni tashlab, tinch hayotga qaytgan.

Jangarilar o'zlari bilan olib kelgan avtomat, pulemyot va snayper vintovkalarini topshirishgan.