19:20 / 03.10.2015
6144

Si Tszinpin Tsukerbergga qizini xitoycha ism bilan nomlamaslikni tavsiya etdi

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg Xitoyga tashrifi chog‘ida XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashdi. Uchrashuv paytida Tsukerberg o‘z qizini ixtiyoriy ravishda xitoycha ism bilan nomlashni istayotganini aytgan. Unga javoban Xitoy yetakchisi “yo‘q” deb javob bergan. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.

Tsukerberg Xitoy rahbari bilan AQSh prezidenti Barak Obama tashkillashtirgan bayram dasturxoni ustida uchrashdi. Davrada Mark Tsukerbergdan tashqari IT sohasining ko‘zga ko‘ringan vakillari: Apple kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk va Microsoft kompaniyasining boshlig‘i Satya Nadella ham bor edi. Tsukerbergga homilador rafiqasi Pristsilla Chan hamrohlik qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Tsukerberg Si Tszinpin bilan suhbatni xitoy tilida olib borgan. Manbaning yana ma'lum qilishicha Xitoy rahbari Tsukerbergning gapiga “yo‘q” deyish bilan birga, “bu ulkan mas'uliyat ham talab etadi”, deb qo‘shimcha qilgan.

Top