01:00 / 04.10.2015
8146

KUN.UZ dayjesti: 3 oktabrda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 3 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyuradi>>

7-8 oktabr kunlari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonda rasmiy safar bilan bo‘ladi

O‘zbekiston MDH davlatlariga o‘z avtomobillarini “Ravon” brendi ostida eksport qiladi>>

Yil boshidan beri internetda “GM Uzbekistan” avtokorxonasida “Ravon” brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarilishi boshlangani haqida turli gaplar yurgandi

Medvedev Rossiyaning Suriyadagi asosiy maqsadini oshkor qildi>>

Suriya Rossiya havo kosmik kuchlari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiya birinchi navbatda Rossiya xalqini terrorchilikdan asrash uchun zarur

Rossiya Mudofaa vazirligi: Rossiya samolyotlari “IShID”ning portlovchi qurilmalar ishlab chiqaruvchi sexini yo‘q qildi>>

Suriyada “IShID” jangarilari tomonidan yaratilgan, qo‘lbola portlovchi moddalar ishlab chiqaradigan yirik sex Rossiyaning Su-25 shturmchi samolyotlari tomonidan yo‘q qilindi

Obama Asad rejimining qulashiga ishonch bildirdi>>

AQSh Suriya prezidenti Bashar Asad oxir-oqibat qulashiga ishonmoqda

Obama Suriya inqirozini hal etishda Rossiya va Eron bilan hamkorlik qilishga tayyor>>

AQSh prezidenti Barak Obama Suriyadagi siyosiy o‘zgarishlarni hayotga olib kirish uchun Eron, Rossiya, shuningdek, koalitsiya bo‘yicha ittifoqchilari bilan ishlashga tayyorligini aytib o‘tdi

Poroshenko Kiyev 3 oktabrdan Donbassdan yengil qurol-aslahalarni olib chiqib ketishini ma'lum qildi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Donbassda qarama-qarshi tomonlar to‘qnash kelgan chiziqdan kalibri 100 mm dan kichik bo‘lgan qurol-aslahalarni olib chiqib ketishini ma'lum qildi

Andijon temir yo‘l vokzali 2016 yili foydalanishga topshiriladi>>

Andijon temir yo‘l vokzali 2016 yili foydalanishga topshiriladi

Atambayev: hamma narsani musht bilan hal qilishga intilayotgan partiyalar qonunlarga tupurmoqda>>

Parlamentga korrupsiya tufayli qidiruvdagi yohud mushtumzo‘r odamlarni olib kelishga intilayotgan ayrim partiyalar amalda qonunlarni mensimay qo‘yishdi

Si Tszinpin Tsukerbergga qizini xitoycha ism bilan nomlamaslikni tavsiya etdi>>

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg Xitoyga tashrifi chog‘ida XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashdi. Uchrashuv paytida Tsukerberg o‘z qizini ixtiyoriy ravishda xitoycha ism bilan nomlashni istayotganini aytgan

OAV: OPeK prezidenti korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi>>

Nigeriyaning sobiq neft vaziri, OPeK prezidenti Diyezani Alison-Madueke Londonda korrupsiya va noqonuniy pullarni legallashtirishda ayblanib qo‘lga olindi

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi: Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriyada 60 dan ko‘proq parvoz amalga oshirdi>>

Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriyada “IShID”ning 50 dan ko‘proq obektini nishonga olish maqsadida 60 dan ko‘proq parvoz amalga oshirdi

Yaponiyalik tennischi Toshkentda WTA turni g‘olibiga aylandi>>

Yaponiya vakilasi Nao Xibino Toshkentda o‘tkazilgan tennis turniri g‘olibi bo‘ldi. Turnirning yutuq jamg‘armasi 227 ming dollarni tashkil qiladi

Top