10:48 / 04.10.2015
9077

OAV: IShID jangarilari aviazarbalar tufayli qarindoshlarini Iroqqa evakuatsiya qilmoqda

Livanning Al Akhbar gazetasida yozilishicha, IShID guruhi jangarilari Rossiya samolyotlarining Raqqaga hujumidan so‘ng qarindoshlarini evakuatsiya qila boshladilar.
Aytilishicha, jangarilarning oilalariga Iroqning IShID nazorati ostidagi Mo‘sul shahriga ko‘chirilmoqda. Gazeta terrorchilarning qiyin ahvoldaligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, jangarilar shahar ko‘chalaridagi patrullar sonini qisqartirib, odamlar yashaydigan tumanlarga ko‘chib o‘tayotgani aytildi.

Top