10:49 / 04.10.2015
3904

Qirg‘izistonda parlament saylovlari boshlandi

Qirg‘izistonda parlament saylovlari boshlandi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, ertalabdan saylov uchastkalari o‘z faoliyatlarini boshlab yuborishgan.
Ovoz berish 12 soat davom etadi.
Parlamentdagi 120 o‘rin uchun 14 partiya bahslashmoqda. Nomzodlarining umumiy miqdori 2.5 ming kishini tashkil qiladi. Qonunchilik organining asosiy tarkibiga kirish uchun partiyalar kamida 7 foiz ovoz to‘plashlari talab qilinadi.

Top