Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti shifoxonasiga tushgan bomba tufayli halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi, deb xabar beriladi tashkilot tvitterida.
“So‘ngi yangilanish: 12 nafar xodim halok bo‘ldi (oshmagan) + 10 nafar bemor (7 nafar deb xabar berilgan edi)”, — deyiladi xabarda.
Oldin ma'lum qilinganidek, Qunduz gubernatori Hamdulla Danishi aviazarbaga uchragan “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotining shifoxonasi “Tolibon” jangarilari tasarrufida bo‘lganligini, aytib o‘tgan edi.