18:12 / 04.10.2015
7719

Rossiya samolyotlari Idlib viloyatida IShIDning 8 obektiga zarba berdi

Rossiyaning bombardimonchi samolyotlari Suriyadagi harbiy operatsiya doirasida Idlib viloyatida IShIDning 8ta muhim strategik obektlariga zarba berdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Aviazarbalar asosan Jisr ash-Shugur tumani atrofida amalga oshirilgan.
“Tumanda o‘q-dori saqlanayotgan 3 omborxona yo‘q qilindi. KAB-500 aviabombalarining aniq tushishi natijasida u yerdagi portlovchi moddalar detonatsiyasi sodir bo‘ldi”, - deyiladi xabarnomada.

Top