00:49 / 05.10.2015
4755

Bavariya o‘z maydonida Borussiyani tor-mor keltirdi

Germaniya Bundesligasining 8-turidan o‘rin olgan "Bavariya" hamda "Borussiya" D klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda 5:1 hisobi qayd etilib, myunxenlilarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tomas Myuller va Robert Levandovskilar ikkita gol urib, dubl qayd etishdi. Yana bir gol Gettse hisobiga yozildi. Dortmundliklar safida yagona javob to‘pini Obameyang 36-daqiqada kiritdi.

Kutilganidek, "Bavariya" o‘zining azaliy raqibini yengib, ochkolari sonini 24taga yetkazib oldi.

Germaniya chempionati, 8-tur
Bavariya – Borussiya D — 5:1
Gollar: 1:0 – 26 Myuller, 2:0 – 35, penalti Myuller, 2:1 – 36 Obameyang, 3:1 – 46 Levandovski, 4:1 – 58 Levandovski, 5:1 – 66 Gettse.
Bavariya – Noyyer, Lam, Alaba, Boateng, Alkantara (Vidal, 68), Martines, Gettse, Duglas Kosta, Xabi Alonso (Kimmix, 76), Levandovski, Myuller (Koman, 80).
Borussiya D – Byurki, Pishchek, Papastatopulos, Xummels, Kastro (Yanuzay, 53), Bender, Gyundogan, Kagava (Roys, 53), Vaygl, Mxitaryan, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Alaba (4), Boateng (78), Obameyang (80), Kimmix (83).

Manba: www.uff.uz

Top