18:15 / 05.10.2015
6166

Benzema: Murabbiy meni zaxiraga olaverishi hiqildog‘imga keldi

"Real" jamoasining fransiyalik hujumchisi Karim Benzema "Atletiko"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin (1:1) jurnalistlar bilan gaplashdi.

"Biz ikkinchi golni ura olmadik. Lekin bu ham yomon natija emas. "Atletiko" "Real"ni 4:0 hisobida yengganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Bunday kuchli jamoa bilan safarda 1:1 hisobini qayd etish ishonch bilan olg‘a yurishga imkon beradi.

Qolaversa men o‘yin davomida almashtirildim va natijaga ta'sir ko‘rsata olmadim. Men har safar maydonga jamoaga yordam berish uchun chiqaman. Meni murabbiy har o‘yinda almashtirishi esa hiqildog‘imga kelgan. Lekin men o‘zimni xotirjam tutgan holda o‘z ustimda ishlashda davom etaman.

"Atletiko" bilan o‘yinda murabbiy meni jamoa mudofaasini kuchaytirish maqsadida almashtirganini ham to‘g‘ri tushunaman", deydi futbolchi.

Ma'lumot uchun, Benzema joriy mavsumda 6ta o‘yinda 6ta gol urgan.

Top