17:03 / 05.10.2015
4649

Eron Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklanishiga qiziqish bildirmoqda

Eron Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklashda o‘zining muhim geografik joylashgan o‘rnidan foydalanmoqda, deya ma'lum qildi Eron Yo‘l va shahar qurish vaziri Abbos Oxundiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron janubdagi Mekran sohillarini rivojlantirish uchun katta kuch sarflashga tayyor.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklab, Fors ko‘rfazi orqali dengizga chiqish Xitoy va Hindiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi va Eron mintaqani qayta isloh qilishda ishtirok etishga tayyor.

Iran.ru`ning xabar berishicha, Abbos Oxundiy milliy manfaatlar Erondan mintaqadagi yangi vaziyatlardan o‘z foydasiga hal etish imkoniyatiga ega bo‘lishni taqozo etmoqda. “Biz mintaqadagi xavfsizlik va xotirjamlik uchun javobgarmiz va Eron Islom Respublikasi ularning mustahkamlanishiga har doim harakat qilgan”, - dedi vazir.

Top