18:01 / 05.10.2015
8467

Jizzaxda mehmondorchilik pichoqbozlik bilan yakunlandi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro uyiga kelgan mehmon tomonidan pichoqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, Bobomurod ismli shaxs Asror degan do‘sti bilan o‘z uyida mehmondorchilik qilgan. Mast bo‘lib qolgan erkaklar o‘rtasidagi kelishmovchilik mushtlashuvga aylanib ketgan. Asror uy egasining qorniga pichoq urgan.
Jabrlanuvchi omon qolgan, jinoyatchi esa tergov qilinmoqda.

Top