11:05 / 05.10.2015
3380

"Liverpul" Kloppdan tashqari Di Matteo va Anchelotti nomzodlarini ko‘rib chiqqan

"Liverpul" Brendan Rojyersni ishdan bo‘shatishi bilanoq yangi bosh murabbiy izlashga kirishgan va bir necha variantlarni ko‘rib chiqqan.

Sky Sport Italia nashrida yozilishicha uning o‘rniga jamoa bosh murabbiyligi uchun nomzodlar sifatida "Borussiya D" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp, "Real"ning sobiq bosh murabbiyi Karlo Nnchelotti hamda Angliyada muqaddam ishlab ketgan ("Chelsi"da) va oxirgi ish joyi "Shalke" bo‘lib turgan yana bir italiyalik mutaxassis Roberto Di Matteo variantlarini o‘rganib chiqqan.

Bundan oldingi xabarlarda, "mersisaydliklar" rahbariyati Yurgen Klopp nomzodida to‘xtalgani haqida aytilgandi.

Top