Dunyo kapital bozorida neft narxining sezilarli ravishda o‘sishi natijasida Moskva birjasidagi yevro va dollarning kursi sezilarli ravishda pasayib ketdi. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar tarqatmoqda.
Bozorda dollarning kursi 65,62-65,97 rubl diapazonida aylanmoqda. O‘rtacha kurs miqdori 65,8 rublni tashkil qilmoqda. Bu avvalgi ko‘rsatkichdan 21 kopeykaga kamroq degani.
Yevro kursi avvalgi kursga nisbatan 22 kopeykaga kamayib, 73,84 rublni tashkil qilmoqda.