22:19 / 05.10.2015
4614

Poroshenko ma'muriyati: Kiyev LXR va DXR bilan suhbat olib bormaydi

Kiyev Lugansk va Donetsk xalq respublikalari bilan suhbat olib bormaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Konstantin Yeliseyev matbuot-anjumanida aytib o‘tdi. 

Yeliseyev Kiyev nazoratida bo‘lmagan hududlarda "ayni paytda jangarilar harakat qilmoqda, biz ular bilan suhbat olib bormaymiz va nuqta", deb aytdi.

Shuning uchun Ukraina "amnistiya, Donbassning alohida maqomi haqidagi qonunlarni hamda mahalliy saylovlarni o‘tkazish uchun alohida tartib haqidagi mavjud qonunga o‘zgartirishlar kiritmaydi". "Biz bularni noqonuniy saylangan hukumat vakillari bilan qila olmaymiz"", deb aytdi Yeliseyev.

Top