13:53 / 05.10.2015
3983

Qirg‘izistondagi saylovda davomat 59 foizni tashkil qildi

Yakshanba kuni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 59 foizi ishtirok etdi. Bu haqda markaziy saylov qo‘mitasi raisi Tuyg‘unali Abdraimov yakuniy matbuot anjumani chog‘ida bayonot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, ovoz berishga saylov uchastkalariga 1 mln 557 ming 442 kishi tashrif buyurgan.
Saylov natijalariga ko‘ra Sotsial-demokratik partiya 27.4, “Respublika — Ata-Jurt” 21 foiz, “Qirg‘iziston” partiyasi 12.8 foiz, “Onuguu-Progress” 9.3 foiz, “Bir Bo‘l” 8.5 foiz, “Ota-Makon” 7.7 foiz ovoz to‘pladilar.

Top