14:36 / 05.10.2015
6637

Rossiya TIV: AQSh Qunduzdagi shifoxona o‘rnini bilar edi

AQSh harbiy havo kuchlari Qunduzni bombardimon qilish chog‘ida “Chegarasiz shifokorlar” gumanitar tashkilotining bu yerdagi manzilini aniq bila turib u yerga bomba tashladi.

Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning bayonotida aytildi. “Shifoxonaning koordinatalari xalqaro koalitsiyaga hujumlarning oldini olish uchun oldindan berilgan bo‘lishiga qaramay, bundan hamla amalga oshirilgani kishi aqlini shoshiradi.

Xalqaro tashkilot vakillarining bayonotlariga qaraganda, hujum chog‘ida shifoxonada ekstremistik guruhlar vakillari yo‘q edi”, - dedi Zaxarova.

Top