11:39 / 05.10.2015
4359

Shimoliy Koreya asirlikdagi janublik talabani vataniga qaytarmoqda

Bugun, 5 oktabr kuni Shimoliy Koreyada Janubiy Koreya respublikasi fuqarosi bo‘lgan 21 yoshli talaba ozodlikka chiqariladi va vataniga qaytariladi. Bu haqda janub matbuoti xabar bermoqda.

21 yoshli Von Mun Chu Nyu-York universiteti talabasi hisoblanadi. U AQSh vakilligiga ega.

U shu yilning aprelida Shimoliy Koreya va Xitoy chegarasida mamlakat hududiga noqonuniy ravishda kirishda ayblanib, qo‘lga olingandi.

Seulda ma'lum qilinishicha, ushbu talaba chegarada joylashgan qishloqlardan biri orqali mamlakatga qaytadi.

Bundan oldinroq, Chu AQSh hukumati va Janubiy Koreya respublikasini KXDR bilan dushmanlikni to‘xtatish hamda bu davlatni tan olishga chaqirgandi.

Shuningdek, Von Mun Chu KXDR hukumati tomonidan mehribonlik ko‘rgani va AQShdagi o‘qishini davom ettirish istagidaligini aytib o‘tgan.

Top