17:09 / 05.10.2015
4570

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bezgakka qarshi dori yaratgan olimlarga berildi

2015 yilning tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti parazit qurtlar chaqiradigan infeksiyalarga qarshi tura oladigan preparat yarata olgan tadqiqotchilar Uilyam Kempbell va Satoshi Omura, shuningdek, bezgakka qarshi iloj topgan Yuy Tuga berildi.

Bu haqda Nobel qo‘mitasining saytida ma'lumot berildi. O‘tgan yili bu mukofotni makondagi joylashuvni aniqlab beruvchi miya hujayralarini aniqlagan Maybrit va Edvard Mozer, shuningdek, Jon O`Kiflar olgan edi.

Joriy yilda Nobel mukofotini olishga 327 nomzod ko‘rsatilgan. Ulardan 57 nafari birinchi marta nomzod bo‘lmoqda.

Top